O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi prezidentining minnatdorchilik nomasi

Xurmatli Rustam Mirzayevich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi"Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yurtimizda kikboksing sport turini ommalashtirishda Milliy gvardiya yordamida 2022 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi Milliy gvardiyaning bevosita ko‘magida yil davomida yurtimizning turli viloyatlarida 5 ta mahalliy chempionat va kubok musobaqalari, iyun-iyul oylarida esa poytaxtimizda "Uzbekistan Open II‘ xalqaro turnirini yuqori saviyada tashkil etildi.

Turkiyaning Konya shahrida 2022 yil 9-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan V-Islom birdamligi o‘yinlarida yurtimizning 29 nafar kikboksing ustalari 21 ta medalga (2 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza) ega chiqishdi.

Italiyaning Jesolo Lido (Venetsiya) shahrida 2022 yil sentyabr-oktyabr oylarida tashkillashtirilgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida 43 nafar kikboksingchilar 26 ta medalni (4 ta oltin, 7 ta kumush, 15 ta bronza) qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Taylandning Bankok shahrida 2022 yil 10-18 dekabr kunlari o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 22 nafar sportchimiz 24 ta medalga (10 ta oltin, 9 ta kumush, 5 ta bronza) sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Hindiston, Qirg‘iziston, Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘i bir necha bor balandlarga ko‘tarildi.

Alohida taʼkidlash joizki, 2021 yilda kikboksing bilan shug‘ullanayotganlar soni 21100 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqamlar 24820 tani tashkil etib, shug‘ullanuvchilar soni 2021 yildagidan 3720 nafarga ko‘paydi.

Yuqorida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar WAKO xalqaro kikboksing tashkiloti prezidenti R.Bekker tomonidan ham yuksak darajada eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov nomiga 2022 yil 17 dekabrda minnatdorlik xati yuborildi.

Aytish joizki, mazkur natijalarga Milliy gvardiyaning tashkiliy ishlardagi yordamisiz erishib bo‘lmasdi va buning uchun Assotsiatsiyamiz nomidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga cheksiz hurmatimizni izhor etamiz.

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi joriy yilda ham Milliy gvardiya bilan hamkorlikda sport rivoji uchun ishlab yuksak natijalarni ko‘rsatish

va mamlakatimiz bayrog‘ini jahon arenalarida g‘oliblar qatorida o‘rin tutishiga erishishga umid bildiradi.

Hurmat bilan,                                                                                                                                                                                                                                      A.Xodjayev

Text to speech