Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasini yana-da qo‘llab-quvvatlash va maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida davlatimiz Rahbari tomonidan bir qator imtiyoz va yengilliklar berilgan.

Xususan, Respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish uchun Milliy gvardiyaning amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi xamda xodimlari farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratilgan. Bu kvotalar respublika oliy taʼlim muassasalariga — davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari ajratilgan.

Bugun Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi anjumanlar zalida mazkur imtiyoz asosida o‘qishga kirish uchun beriladigan tavsiyanomalar o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexqonovich, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Kattaxanova Dilnozaxon Sobirjonovna, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i pedagogika fanlari doktori professor Zaripov Lochin Rustamovich hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boshqarmasi boshlig‘i Zikirova Mag‘firat Soliyevnalar faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, marosimda harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari qatnashdi.

Dastlab tadbirda so‘z olganlar, bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidlab, taʼlimga qaratilgan kuchli yondashuv kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan etuk kadrlarni yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etishini aytishdi.

Shundan so‘ng, namunali xizmat qilayotgan va soha ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlar, shu bilan bir qatorda, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 9 nafar harbiylarning, jami 160 nafar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng, Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestr jamoasi, Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Yoshlarga berilayotgan bu kabi imtiyoz va imkoniyatlar albatta, mamlakatimizda ularning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilish masalalariga ustuvor darajada eʼtibor qaratilayotganligidan dalolatdir.

Text to speech