Strandja turnirida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova oltin medalni qoʻlga kiritdi. // Iroda Ismoilova «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. // O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishlari rivojlantiriladi // Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvi tadbirlari doirasida muddatdi harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi. // Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov poytaxtimizdagi manzilli ishlari davomida yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. // Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. // “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritib kyelayotgan ayollar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi // Moliyaviy shaffoflik va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash bo‘yicha o‘quv yig‘ini o‘tkazildi // Ajdodlar merosi – milliy gʻurur va vatanparvarlik manbai // General-polkovnik B.Tashmatov Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Sirdaryo va Jizzax viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi // “Harbiy taʼlim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika harbiy ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida amalga oshirdi. // Samarqand va Buxoro viloyatalarida xavfsiz muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi. // Yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar doimiy e’tiborda. // Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi. // Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar salohiyati, jismoniy va ma'naviy tayyorgarligini mustahkamlash hamda zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. // Tizim fidoyilari hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi. // “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasini yana-da qo‘llab-quvvatlash va maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida davlatimiz Rahbari tomonidan bir qator imtiyoz va yengilliklar berilgan.

Xususan, Respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish uchun Milliy gvardiyaning amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi xamda xodimlari farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratilgan. Bu kvotalar respublika oliy taʼlim muassasalariga — davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari ajratilgan.

Bugun Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi anjumanlar zalida mazkur imtiyoz asosida o‘qishga kirish uchun beriladigan tavsiyanomalar o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexqonovich, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Kattaxanova Dilnozaxon Sobirjonovna, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i pedagogika fanlari doktori professor Zaripov Lochin Rustamovich hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boshqarmasi boshlig‘i Zikirova Mag‘firat Soliyevnalar faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, marosimda harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari qatnashdi.

Dastlab tadbirda so‘z olganlar, bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilayotganini alohida taʼkidlab, taʼlimga qaratilgan kuchli yondashuv kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan etuk kadrlarni yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etishini aytishdi.

Shundan so‘ng, namunali xizmat qilayotgan va soha ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlar, shu bilan bir qatorda, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan 9 nafar harbiylarning, jami 160 nafar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng, Alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestr jamoasi, Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Yoshlarga berilayotgan bu kabi imtiyoz va imkoniyatlar albatta, mamlakatimizda ularning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilish masalalariga ustuvor darajada eʼtibor qaratilayotganligidan dalolatdir.

Text to speech