Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti yuqori bosqich kursantlarining, yillik o‘quv dasturlari asosida "Taktik tayyorgarlik" fanidan egallagan  nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash barobarida harbiy xizmatchilarning  jangovar, psixologik va jismoniy ko‘nikmalarini mustaxkamlash  maqsadida dala o‘quv poligonlarida o‘n sutkalik amaliy mashg‘ulotlar amalga oshirildi.

Unda kursantlar dala sharoyitida chodirlar o‘rnatish orqali harbiy shaharcha barpo etishlari va  bo‘linmalarning umumharbiy nizom talablari asosida joylashuvi, shuningdek sutkalik xizmat tashkil etilishi bilan bog‘liq xavfsizlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Chirchiq dala poligonida o‘tkazilgan mazkur amaliy mashg‘ulotda Jamoat xavfsizligi universiteti  kursantlari  tomonidan piyoda tartibda 30 km masofaga marsh amalga oshirildi. Mashg‘ulotda turli murakkab sharoitlarda harakatlanish, dushmanning to‘satdan uyushtirishi mumkin bo‘lgan hujumlaridan himoyalanish, shuningdek, kursantlarning chidamlilik va jismoniy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

 Mazkur o‘quv mashg‘ulotlar davomida kursantlarning o‘z quroliga bo‘lgan ishonchini oshirish va undan mohirlik bilan foydalanish, zamonaviy jang sharoitlarda dushmanni kam o‘qdori sarflagan holda tezkorlik bilan yo‘q qilish, shuningdek bo‘linma tarkibida  jamoaviy harakatlanishning  o‘ziga xos xususiyatlari amaliy jihatdan mustahkamlab olindi.

Ushbu amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak ofitserlarning favqulodda vaziyatlarda, tog‘li va notekis masshtablarda harakatlanish, shuningdek nostandart vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish borasidagi bilim ko‘nikmalari ham oshirildi.

Text to speech