Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi
Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti yuqori bosqich kursantlarining, yillik o‘quv dasturlari asosida "Taktik tayyorgarlik" fanidan egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash barobarida harbiy xizmatchilarning jangovar, psixologik va jismoniy ko‘nikmalarini mustaxkamlash maqsadida dala o‘quv poligonlarida o‘n sutkalik amaliy mashg‘ulotlar amalga oshirildi.
Unda kursantlar dala sharoyitida chodirlar o‘rnatish orqali harbiy shaharcha barpo etishlari va bo‘linmalarning umumharbiy nizom talablari asosida joylashuvi, shuningdek sutkalik xizmat tashkil etilishi bilan bog‘liq xavfsizlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Chirchiq dala poligonida o‘tkazilgan mazkur amaliy mashg‘ulotda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari tomonidan piyoda tartibda 30 km masofaga marsh amalga oshirildi. Mashg‘ulotda turli murakkab sharoitlarda harakatlanish, dushmanning to‘satdan uyushtirishi mumkin bo‘lgan hujumlaridan himoyalanish, shuningdek, kursantlarning chidamlilik va jismoniy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlar davomida kursantlarning o‘z quroliga bo‘lgan ishonchini oshirish va undan mohirlik bilan foydalanish, zamonaviy jang sharoitlarda dushmanni kam o‘qdori sarflagan holda tezkorlik bilan yo‘q qilish, shuningdek bo‘linma tarkibida jamoaviy harakatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari amaliy jihatdan mustahkamlab olindi.
Ushbu amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak ofitserlarning favqulodda vaziyatlarda, tog‘li va notekis masshtablarda harakatlanish, shuningdek nostandart vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish borasidagi bilim ko‘nikmalari ham oshirildi.