Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur marosimga shifokorlar hamda hamshiralarni kasb bayrami bilan qutlash uchun Respublika Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari Ulug‘bek Sabirov va Elmira Bositxonova, Milliy gvardiya tibbiyot boshqarmalari, tibbiy va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari vakillari, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa idoralar soha vakillari, harbiy xizmatchilar, Milliy gvardiya faxriylari va ularning oila aʼzolari hamda sog‘liqni saqlash tashkilotlaridan vakillar tashrif buyurdi.

Tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Unda tibbiyot xodimlarining harbiy xizmatchilar salomatligini asrashga qo‘shgan ulkan hissalari eʼtirof etilib, qo‘mondonlik va shaxsiy tarkib nomidan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng, bir qator tibbiyot xodimlariga II va III darajali "Namunali xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari, esdalik qo‘l soatlari, faxriy yorliqlar

hamda uch nafar tibbiyot punkti boshliqlariga maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Taʼkidlash joizki, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 25 aprelda "Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan tizimda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yil mobaynida jami 52 mingga yaqin (7985 nafar harbiy xizmatchi, 19187 nafar xodim, 24814 nafar oila aʼzolari) harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi fikrimizning isbotidir.

Text to speech