Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilar va xodimlari uchun "Har bir saylovchining ovozi mamlakat kelajagi uchun muhim"shiori ostida o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilar va xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, unda saylov komissiyalari vakillari joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirmoqda.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga 2023 yil 18 dekabrdagi O‘RQ-883-son Qonuni haqida batafsil maʼlumot berilmoqda. Mazkur qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (ko‘pchilik va proporsional) asosida o‘tkazish, shuningdek, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini optimallashtirish, saylov komissiyalari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutilgan. Markaziy saylov komissiyasining faoliyati va siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ayollar sonini xam oshirildi.

Xususan, saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash uchun 75 ta hududiy bir kishilik saylov okruglari tuziladi;partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning aʼzosi yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyalarning aʼzolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas, ayollar soni siyosiy partiya tomonidan bir mandatli saylov okruglarida, shuningdek partiya ro‘yxati asosida ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40% ni tashkil qilishi kerak (ilgari 30% gacha). Shu bilan birga, partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikdagi beshta nomzodning kamida ikkitasi ayollar bo‘lishi kerak.

Text to speech