Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan hamkorlikdagi Memorandum imzolandi

Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Andijon shahridagi 5-sonli kasb-hunar maktabi o‘rtasidagi imzolangan hamkorlikdagi “Memorandum” o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni asosiy maqsad qilib olgan. Bunda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yetarli sharoit yaratib berish, ularni ommaviy sportga jalb qilish, har bir o‘quvchini iqtidoridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri kasbga yo‘naltirish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda mutasaddi rahbarlar o‘zaro fikr mulohazalarini o‘rtaga tashlab, hamkorlikdagi barcha tadbirlarni sifatli va samarali o‘tkazishlari yuzasidan kelishib olishdi.

Shuningdek, o‘quvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ularga Jadid bobolarimiz g‘oya va dasturlarini singdirish, huquqiy savodxonliklarini oshirib ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, Vatani va kelajagi uchun masʼuliyatini yana-da oshirish hamda Vatanparvar o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi, mard, jasur va har tomonlama yetuk kadrlar zaxirasini yaratish muhim ahamiyat kasb etishi belgilab olindi.

Text to speech