Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona viloyatida olib borilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida  bir qator jinoyatlar fosh etildi

Joriy yilning 30 iyul kuni Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro A.B. “102”ga murojaat qilib, nomaʼlum fuqaro unga tegishli bo‘lgan “Redmi 9” rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab ketganini maʼlum qildi.

IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir  natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Surishtiruv davomida huquqbuzar Farg‘ona shahrida yashovchi 31 yoshli A.F. ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida, Davlat xavfsizlik xizmati, IIB va Milliy gvardiya  xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi.

Mazkur tadbir, joriy yilning 1 avgust kuni Qo‘qon shahrida olib borildi va unda  32 yoshli M.A. va 35 yoshli P.A.lar 500 grammdan ortiq giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Fuqaro M.A. ning xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda,  og‘irligi 2100 grammdan ortiq giyohvandlik moddasi, elektron tarozi va ko‘z yoshlantiruvchi gazli aerozol idishlari saqlab kelinganligi aniqlandi.  

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, 1 avgust kuni Bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan vositalarni noqonuniy olib o‘tishda gumon qilingan shaxslar aniqlandi. Dang‘ara tumanida yashovchi 39 yoshli M.M.ning xonadonida o‘tkazilgan tintuv davomida hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, umumiy qiymati 797 million 500 ming so‘mlik “Honeymoon” dori vositalari topilib, musodara qilindi. 

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech