Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HAMKORLIKDAGI TEZKOR TADBIRLAR

Joriy yilning 24-aprel kuni  viloyat IIB ga kelib tushgan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

“Chinobod” tog‘li hududida o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida   1997 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan fuqaro Sh.A. tadbirga jalb qilingan maxsus xaridorga 1.000.000  so‘m  evaziga,  5 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yildi.

Shu kuni davom etgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro A.A. ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda  4 tup  “Nasha” giyohvandlik o‘simligi va hammomiga bekitilgan 7,42 gr vazndagi “Marixuana” giyohvand vositasi aniqlangan.

 Shuningdek, Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro T.A. ning uyi hovlisidan

3 tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligi va yonidan sigareta qutisiga joylashtirilgan vazni 6,75 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlanib xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo‘qon shahar IIO FMBga topshirilgan va hozirda  surishtiruv ishlari olib borilmoqda.   

Text to speech