HAMKORLIKDAGI TEZKOR TADBIRLAR
Joriy yilning 24-aprel kuni viloyat IIB ga kelib tushgan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
“Chinobod” tog‘li hududida o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida 1997 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan fuqaro Sh.A. tadbirga jalb qilingan maxsus xaridorga 1.000.000 so‘m evaziga, 5 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yildi.
Shu kuni davom etgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro A.A. ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda 4 tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligi va hammomiga bekitilgan 7,42 gr vazndagi “Marixuana” giyohvand vositasi aniqlangan.
Shuningdek, Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro T.A. ning uyi hovlisidan
3 tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligi va yonidan sigareta qutisiga joylashtirilgan vazni 6,75 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlanib xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Qo‘qon shahar IIO FMBga topshirilgan va hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.