Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiy shaharchada bunyod etilgan uylar bayram arafasida o‘z egalariga topshirildi

Tabiatning uyg‘onish ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom kunlariga hamohang tarzda o‘tkazilgan mazkur tantanali marosim ham harbiy xizmatchi va xodimlar hamdaularning oila aʼzolari uchun unutilmas kun bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bunyod etilgan harbiy shaharchadagi ko‘rkam va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylardagi 300 ta xonadonning kalitlaribayram arafasida o‘z egalariga topshirildi.

Ushbu tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi B.Raxmanqulov hamda mutasaddi rahbarlar shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Tadbirda samimiy bayram tilaklari bilan o‘z nutqini boshlagan Milliy gvardiya qo‘mondoni harbiy xizmatchi hamda xodimlar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasi doimo davlatimizning asosiy diqqat markazida ekanligini alohida taʼkidlab, yaratilayotgan ulkan imkoniyatlarning barchasi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan tizim harbiy xizmatchilarining fidokorona xizmatlariga bo‘lgan  munosib eʼtirof ekanligini qayd etib o‘tdi.

Shu bilan birga, bayramona ruhda o‘tgan tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga ko‘ra xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan,  fidoiy va jonkuyarligi bilan safdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarga navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni,faxriy yorliq, ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Yangi uylar va harbiy unvonlar muborak bo‘lsin!

Text to speech