Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YANGI OʻZBEKISTON – BAXTIYOR BOLALAR MAMLAKATI

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak eʼtibor qaratilib, koʻplab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati boʻlgan Yangi Oʻzbekistonda oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyatda nishonlanadi.
Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari saroyida oʻtkazildi. Tashkil etilgan mazkur tantanali tadbirga Toshkent shahridagi 22- va 30-Mehribonlik uylari hamda SOS-Oʻzbekiston bolalar mahallalari filialida tarbiyalanayotgan bolajonlar, Sirdaryo, Toshkent shahri va viloyatlaridagi Oilaviy uylar oʻgʻil-qizlaridan iborat 500 nafar yosh avlod vakillari taklif etildi. 
Bolajonlar Milliy gvardiya harbiy orkestri va milliy musiqa jamoalari ijrosidagi kuylar sadosi ostida bayramona kutib olindi. 
Shundan soʻng, bolajonlar uchun “Qaldirgʻoch” bolalar sanʼat markazi oʻquvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning “Lison ut tayr”, yaʼni “Qush tili” dostoni asosida maxsus sahnalashtirilgan “Semurgʻ haqida afsona” nomli musiqali spektakl namoyish etildi. Sahnalashtirilgan mazkur spektakl orqali ezgulikning yovuzlik ustidan doimo gʻalaba qozonishi tarannum etildi. Spektakl bolajonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Spektakldan soʻng bolajonlar Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida boʻldilar. Yosh avlod vakillari universitet boʻylab tashkil etilgan sayohat davomida harbiy orkestr, faxriy qorovul boʻlinmasining saf chiqishlari va qoʻl jangi usullarini tomosha qilishdi. Shuningdek, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi ham namoyish etildi. Shundan soʻng ular bayram dasturxoniga taklif etildi. 
Bundan tashqari bolajonlar universiteti muzeyi va kutubxonasida boʻlishib, oʻzlari uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bularning barchasi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech