“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YANGI OʻZBEKISTON – BAXTIYOR BOLALAR MAMLAKATI

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak eʼtibor qaratilib, koʻplab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati boʻlgan Yangi Oʻzbekistonda oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyatda nishonlanadi.
Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari saroyida oʻtkazildi. Tashkil etilgan mazkur tantanali tadbirga Toshkent shahridagi 22- va 30-Mehribonlik uylari hamda SOS-Oʻzbekiston bolalar mahallalari filialida tarbiyalanayotgan bolajonlar, Sirdaryo, Toshkent shahri va viloyatlaridagi Oilaviy uylar oʻgʻil-qizlaridan iborat 500 nafar yosh avlod vakillari taklif etildi. 
Bolajonlar Milliy gvardiya harbiy orkestri va milliy musiqa jamoalari ijrosidagi kuylar sadosi ostida bayramona kutib olindi. 
Shundan soʻng, bolajonlar uchun “Qaldirgʻoch” bolalar sanʼat markazi oʻquvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning “Lison ut tayr”, yaʼni “Qush tili” dostoni asosida maxsus sahnalashtirilgan “Semurgʻ haqida afsona” nomli musiqali spektakl namoyish etildi. Sahnalashtirilgan mazkur spektakl orqali ezgulikning yovuzlik ustidan doimo gʻalaba qozonishi tarannum etildi. Spektakl bolajonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Spektakldan soʻng bolajonlar Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida boʻldilar. Yosh avlod vakillari universitet boʻylab tashkil etilgan sayohat davomida harbiy orkestr, faxriy qorovul boʻlinmasining saf chiqishlari va qoʻl jangi usullarini tomosha qilishdi. Shuningdek, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi ham namoyish etildi. Shundan soʻng ular bayram dasturxoniga taklif etildi. 
Bundan tashqari bolajonlar universiteti muzeyi va kutubxonasida boʻlishib, oʻzlari uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bularning barchasi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech