Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozini beruvchi tavsiyanomalar uchun sinov imtihonlari o‘tkazilmoqda

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash, shuningdek, ularning bilim darajasini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi va test sinovlariga barcha muddatli harbiy xizmatchilar kiritiladi.

Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.

Ushbu tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalaridagi tegishli taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozni qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, respublikaning oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Ishonamizki, tavsiyanomalarni qo‘lga kiritgan zukko va bilimli mard o‘g‘lonlar kelajakda yurtimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan yoshlar bo‘lib yetishadi!

Text to speech