Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Maktablarga kirish uchun begonalarga yo‘l yo‘q

Joriy yilning 5 mart kuni Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda yangi tizimda xizmat olib borayotgan qorovul xodimi yuklatilgan vazifani bajarish vaqtida,  soat 15:30lar atrofida xatti-harakatida shubha uyg‘otgan Milliy gvardiya kiyimida kelgan shaxsni kirish joyida to‘xtatganda, u sohta guvohnamani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytadi. Maktab maʼmuriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganligi haqida maʼlumot berishgan.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirilishi so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, hatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan.  Shunday bo‘lsada uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta  tushuntirilgan holda tinchlantiriligan.  

Olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu shaxs, Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va sohta guvohnomasi olib qo‘yilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lganligi va buning asl sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi  surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Text to speech