Maktablarga kirish uchun begonalarga yo‘l yo‘q
Joriy yilning 5 mart kuni Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda yangi tizimda xizmat olib borayotgan qorovul xodimi yuklatilgan vazifani bajarish vaqtida, soat 15:30lar atrofida xatti-harakatida shubha uyg‘otgan Milliy gvardiya kiyimida kelgan shaxsni kirish joyida to‘xtatganda, u sohta guvohnamani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytadi. Maktab maʼmuriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganligi haqida maʼlumot berishgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirilishi so‘ralganda, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, hatosini tan olmasdan faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Shunday bo‘lsada uning bu kabi nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilgan holda tinchlantiriligan.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu shaxs, Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va sohta guvohnomasi olib qo‘yilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lganligi va buning asl sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.