Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining 1 iyun - Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan hisobot konserti

Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining bu galgi hisobot konsert dasturi ham fikrimizning yorqin isbotidir.

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 1iyun - Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan hisobot konsertida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Harbiy prokuror o‘rinbosari Q.Isroilov, Toshkent Temurbeklar maktabi o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, litsey o‘quvchi yoshlarning ota-onalari hamda ustozlari ishtirok etdi.

Hisobot dasturida litseyning barcha o‘quvchilari o‘zlarining ijod namunalari bilan qatnashdi.

Markaz binosiga kirish qismida 40 nafar 9-sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan orkestr tomonidan ijro etilgan yoqimli musiqa sadolari hamda saksofonning mayin ovozi tadbir mehmonlarini ilk daqiqalardan o‘ziga mahliyo etdi.

Tadbirni akademik litseyning 5-6 sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan Xor jamoasi ochib beradi. Ular Anvar Obidjon sheʼri, Avaz Mansurov musiqasi “Kim epchilu kim chaqqon” hamda Iskandar Raxmon sheʼri, Nadim Norxo‘jayev musiqasi “Biz askarmiz” qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Shu bilan birga, sanʼat shaydolari uchun ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar konsert so‘ngigacha muxlislar diqqat markazida bo‘ldi.

Text to speech