Milliy gvardiya Markaziy devonida qoʻmondon general-polkovnik B.Tashmatov raisligida va O‘zbekiston Prezidenti Xavfsizlik kengashi mutasaddi rahbarlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining polkovnik Sh.Ibragimovni Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilib, shaxsiy tarkibga tanishtirildi.
Tadbirda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan yangi lavozimga tayinlangan Sh.Ibragimovga xizmat majburiyatlari doirasidagi muhim vazifalar tanishtirilib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish borasidagi aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xavfsizlik kengashi mutasaddilari tomonidan ham Milliy gvardiya faoliyatiga doir iliq fikrlar bildirilib, yangi lavozimga tayinlangan qoʻmondon oʻrinbosariga mashaqqatli va masʼuliyatli xizmatlariga ulkan zafarlar tilashdi.