Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MUTAXASSIS-PSIXOLOGLARNING BILIM VA MALAKALARI OSHIRILDI

Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalarida mutaxassis-psixolog lavozimida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni qayta tayyorlash, ularning bilim va malakalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Qayta tayyorlash va malaka oshirish” kurslari tashkil etildi.

Mazkur kurs jarayonida Milliy gvardiya tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassis-psixologlar “yoshlar”, “ayollar” va “temir” daftarlar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatishning usul va uslublari, uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishdi.O‘qish jarayonida tinglovchilarga Jamoat xavfsizligi universitetining yetuk professor o‘qituvchilari hamda Ichki ishlar vazirligining mazkur sohada yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari nazariy va amaliy bilimlar berib borishdi.

O‘qish davomida psixologlar tomonidan Toshkent shahrida tajriba tariqasida o‘rganilayotgan 24 ta mahallalarda fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, ularni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi.

Shu bilan bir qatorda, Toshkent shahar IIBB qoshidagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi va 23-sonli Mehribonlik uylarida amaliyot o‘tab, psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga qanday qilib yordam ko‘rsatishni, joriy etilgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish yo‘llarini qunt bilan o‘rganishdi.

O‘quv yakunida kursni muvaffaqiyatli bitirgan mutaxassis-psixologlarga sertifikatlar topshirildi.

Text to speech