Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTI BO‘YICHA RESPUBLIKA OLIY SPORT MAHORATI MAKTABI FAOLIYATIDAGI YANGICHA QADAM

Uzoq yillardan so‘ng ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa qayta taʼmirlangan va zamonaviy jihozlar o‘rnatilgan maxsus maydonchaning ochilishi munosabati bilan, ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha tashkillashtirildi.

Musobaqa mobaynida chavandozlar balandligi 100 sm (bolalar), 110 sm va 120 sm bo‘lgan to‘siqlardan sakrashning uchta toifasi bo‘yicha bellashdilar.

Mazkur chempionatning ochilish marosimida Milliy gvardiya Faxriy qorovul bo‘linmasi bayroqdorlarining ishtiroki sportchilar va tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chavandoz sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech