Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“G‘ofur G‘ulom” nomli istirohat bog‘ida teatrlashtirilgan shou konserti bo‘lib o‘tdi

Musiqa bolalar va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g‘oyat taʼsirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yana-da rivojlantirish borasidagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, bugun poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “G‘ofur G‘ulom” nomli istirohat bog‘ida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tomonidan Toshkent shahar yoshlari va poytaxtimiz mehmonlari, shuningdek Milliy gvardiya tizimidagi harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun teatrlashtirilgan shou konsert dasturi namoyish etildi.

Ochiq osmon ostida o‘tgan shou konsertda litseyning professional o‘quvchilari milliy va yevropa madaniyatiga hos cholg‘ularda klassik va zamonaviy musiqa, jaz, rok hamda pop musiqa sadolari ostidagi ko‘rgazmali chiqishlari bilan shahar yoshlari hamda poytaxtimiz mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Text to speech