Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Og‘ir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochishga uringan fuqaro ushlandi

Joriy yilning 7 may kuni soat 13:55da Nurafshon shaharlararo Qo‘riqlash bo‘limiga qo‘riqlovda bo‘lgan “Maxsud savdo” OOO ovqatlanish maskanidan “tashvish xabari" kelib tushgan.

Tezkor guruh xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borganda ovqatlanish maskani rahbari X.M.ning chap ko‘krak qismiga o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan tan jarohati yetkazilganligi maʼlum bo‘lgan.

Xodimlar tomonidan chaqirilgan tez yordam orqali shifoxonaga olib ketilayotgan jabrlanuvchi og‘ir jarohati tufayli yo‘lda vafot etgan.

Jinoyat sodir qilib, voqea joyidan yashiringan shaxs tezkor qidiruv ishlari natijasida “Qo‘riqlash” bo‘limi va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro Z.T tanishi X.M bilan o‘zaro tortishib qolib, Matiz avtoulovidan o‘tkir tig‘li jism (oshxona pichoq)ni olib uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba sanchganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda

Text to speech