Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beruvchi tavsiyanomalar uchun muddatli harbiy xizmatchilar test sinovlaridan o‘tkazilmoqda

Test sinovlari davomida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining qanchalik o‘zlashtirganligi yakuniy baholandi va ularning bilim darajasi tekshirildi. Milliy gvardiya saflarida harbiy xizmatni ado etayotgan yigitlar test jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga masʼul idoralar hamda tashkilotlar masʼullari nazorati ostida xizmat davomida olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jarayonni o‘tkazishda haqqoniylik va shaffoflikni taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur test sinovlari Respublika bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy qismlarida o‘tkazilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Test topshiriqlarining umumiy soni 100 ta test savollaridan iborat. Shundan 40 ta savol jangovar tayyorgarlik bo‘yicha, 20 tasi maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik bo‘yicha, 10 tasi matematika fanidan, 10 tasi fizika fanidan va 20 tasi mantiqiy savollardir. Test sinovlarida ishtirok etib, to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich 110 ballni tashkil qiladi.

Harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarga beriladigan tavsiyanomalar 3 yil mobaynida amal qiladi.

Text to speech