Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oltiariq tumanida temir bo‘lagiga o‘xshagan “snaryad” topildi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni soat taxminan 12.00 larda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani IIB bo‘limiga tushgan xabarga ko‘ra, mazkur hududda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro B.H. axlat yig‘ish joyidan zanglagan temir bo‘lagini topib olib, o‘z xonadoniga olib kelgan. Xonadoniga kelib temir bo‘lagini ko‘zdan kechirganda ushbu jism portlovchi “snaryad” ekanligini bilib qolgan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB “sapyor” bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketildi.

Hurmatli fuqarolar! Shubhali buyumlarni topib olganingizda ularni uyga olib kirishga shoshilmang.

Bu haqida Ichki ishlar organlari yoki Milliy gvardiyaga xabar bering.

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

Text to speech