Bayram kunlarida xavfsizlik toʻliq taʼminlandi // Navroʻz shukuhi: otliq paradlar tashkil etildi // “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” shiori ostida bayram sayli // Askarlar kasb-hunar sertifikatlariga ega boʻldi // Qahramonlar xotirasi yod etildi // Strandja turnirida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova oltin medalni qoʻlga kiritdi. // Iroda Ismoilova «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. // O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishlari rivojlantiriladi // Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvi tadbirlari doirasida muddatdi harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi. // Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov poytaxtimizdagi manzilli ishlari davomida yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. // Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. // “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritib kyelayotgan ayollar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi // Moliyaviy shaffoflik va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash bo‘yicha o‘quv yig‘ini o‘tkazildi // Ajdodlar merosi – milliy gʻurur va vatanparvarlik manbai // General-polkovnik B.Tashmatov Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Sirdaryo va Jizzax viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi // “Harbiy taʼlim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika harbiy ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida amalga oshirdi. // Samarqand va Buxoro viloyatalarida xavfsiz muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi. // Yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar doimiy e’tiborda. // Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi. // Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar salohiyati, jismoniy va ma'naviy tayyorgarligini mustahkamlash hamda zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. // Tizim fidoyilari hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi. // “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oʻzbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi va unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov federatsiya raisi etib saylandi

Bugun Milliy gvardiya Markaziy devonida Oʻzbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O.Umarov, Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov, MOQ Bosh kotibi O.Kasimov mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega delegatlar, shuningdek, hududiy boshqarmalardan videokonferensaloqa orqali murabbiylar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Yigʻilish avvalida soʻz olgan sport vaziri A.Ikramov, Davlatimiz rahbarining barcha sport turlari qatori ushbu sport turiga boʻlgan eʼtibori yuqori ekanligini qayd etgan holda, mazkur sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida targʻib qilish va keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish kabi muhim masalalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shuningdek, kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va sportchilarimizning xalqaro maydonlarda munosib ishtirokini taʼminlash dolzarb vazifalardan biri ekanligini taʼkidlab, bu yoʻnalishda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda takomillashtirib borishni taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng kun tartibiga muvofiq, Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga Milliy gvardiya qoʻmondoni B.Tashmatov nomzodi ilgari surildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Yangi saylangan federatsiya raisi bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, Davlatimiz rahbarining 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shu orqali mazkur sport turini keng ommalashtirish va rivojlantirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishini taʼkidladi.
Shuningdek, B.Tashmatov kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida toʻxtalib, unda 2028-yilda Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish hamda sportchilarimizning yuqori natijalarga erishishlari uchun tayyorgarlik koʻrilishini xususan, xalqaro maydonda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun ilgʻor tajribalarni oʻrganish va tatbiq etish borasidagi ishlarni jadallashtirishga toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O.Umarov soʻzga chiqib, bir ovozdan federatsiya raisi etib saylangan Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatovning xizmat faoliyatiga toʻxtalib, iliq fikrlar bildirdi va mazkur sohaniyam yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, kamondan otish sporti milliy qadriyatlarimizga xos etnik sport turlaridan ekanligi va bu muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, kuch tuzilmalarida ichida intizomi yuqori boʻlgan Milliy gvardiya bu sohani nafaqat rivojlantirish, balki milliy merosni tiklash va yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishdek masʼuliyatli va sharafli vazifalarni yuqori saviyada bajarish imkoniyatiga ega ekanini qayd etdi.
Shuningdek, yangi saylangan federatsiya raisi va butun jamoaga yuqori marralarni qoʻlga kiritishda ulkan zafarlar tilagan holda bu borada Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi va yuqorida taʼkidlab oʻtilgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan koʻmakdosh boʻlishini bildirib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Milliy gvardiya qoʻmondoni 2026-yil fevral oyida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi.

Text to speech