Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

ISLOHOTLARNING AMALDAGI IJROSI

Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, O‘zbekistonning ertangi kuniga ishonchni-mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo‘lish uchun islohotlarni ilmdan boshlash kerak. Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo‘lmaydi.

Keyingi uch yilda bu boradagi muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu maqsadda qator Farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks saʼy-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi.

Davlatimiz rahbarining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga binoan Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etilganligi olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan joriy yilning 11 may kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvi, tarkibiy va hududiy bo‘linmalar mutasaddi rahbarlari ishtirokidagi selektor yig‘ilishi tarzida o‘tkazildi.

 Yig‘ilishda mamlakatimizning ertangi kuni zamonaviy kadrlarga bog‘liq ekani taʼkidlanib, Universitetdagi taʼlim tizimini tubdan takomillashtirgan holda, o‘quv jarayonini zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalar  belgilab berildi.

Shu bilan birga Milliy gvardiya tarkibidagi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi shuningdek, Farg‘ona, Jizzax viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan mintaqaviy o‘quv markazlar faoliyatining mazkur Universitet bilan uzviy bog‘liqligi taʼkidlanib, markazlarning ilmiy salohiyatini takomillashtirish va mutaxassis o‘qituvchilarning ilmiy izlanish olib borishlari uchun sharoit yaratilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i polkovnik M.Rustambayevga tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan ilk marotaba  ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan bir guruh ofitserlar tarkibiga navbatidan oldin “kapitan”, “mayor” va “podpolkovnik” harbiy unvonlari topshirildi.

Diyorimizda ustozlar ulug‘lanib kelingan. Taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan pedologlarga bugungi kunda ko‘rsatilayotgan eʼtibor va  bildirilayotgan imtiyozlar ularning ruhiyati, hamda mehnatiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish bilan birga yoshlarimizning kelajagi yo‘lida yuksak masʼuliyat yuklaydi.

 

 

Text to speech