Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda

Milliy gvardiya tasarrufida yangi qad koʻtargan Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi sport bazasida  joriy yilning 24-28 aprel kunlari qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik keskin ravishda avj olmoqda. Musobaqa oldi mashgʻulotlarida qoʻl jangi boʻyicha bosh murabbiy ikki karra jahon chempioni Sirojiddinov Odil - oʻzining bilim va takomillashgan koʻnikmalari orqali qoʻl ostida shugʻullanayotgan shogirdlariga kerakli taktika va texnik usullarni oʻrgatib bormoqda. Mashgʻulot jarayonlarida zabardast oʻgʻlonlar qatorida bir qancha jasur qizlar ham musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Aytib oʻtishimiz kerakki, mazkur bellashuvda 57 – 97 kilogramm vazn toifasida 36 nafar erkak va 48 – 70 kilogramm vazn toifasida 4 nafar ayol sportchilar qatnashishadi.
Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilayotgan musobaqalar sportchilarimizning nafaqat amaliy bilim va koʻnikmalarini oshirishga, balki sogʻlom raqobat muhitini yaratishda ham katta koʻmak beradi. Qolaversa, sportchilarning oʻz oldilariga qoʻygan maqsad va vazifalariga yanada jasorat va mardlik ila yondashishlariga ulkan turtki boʻla oladi.

Text to speech