Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda
Milliy gvardiya tasarrufida yangi qad koʻtargan Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi sport bazasida joriy yilning 24-28 aprel kunlari qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik keskin ravishda avj olmoqda. Musobaqa oldi mashgʻulotlarida qoʻl jangi boʻyicha bosh murabbiy ikki karra jahon chempioni Sirojiddinov Odil - oʻzining bilim va takomillashgan koʻnikmalari orqali qoʻl ostida shugʻullanayotgan shogirdlariga kerakli taktika va texnik usullarni oʻrgatib bormoqda. Mashgʻulot jarayonlarida zabardast oʻgʻlonlar qatorida bir qancha jasur qizlar ham musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Aytib oʻtishimiz kerakki, mazkur bellashuvda 57 – 97 kilogramm vazn toifasida 36 nafar erkak va 48 – 70 kilogramm vazn toifasida 4 nafar ayol sportchilar qatnashishadi.
Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilayotgan musobaqalar sportchilarimizning nafaqat amaliy bilim va koʻnikmalarini oshirishga, balki sogʻlom raqobat muhitini yaratishda ham katta koʻmak beradi. Qolaversa, sportchilarning oʻz oldilariga qoʻygan maqsad va vazifalariga yanada jasorat va mardlik ila yondashishlariga ulkan turtki boʻla oladi.