“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

PSIXOLOG MUTAXASSISLARNING ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularni barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalariga hukumatimiz tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugunda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi, taʼlim-tarbiya olish ishlariga butkul oʻzgacha tarzda yondashilmoqda. Ularning ichki dunyosini oʻrganish orqali qiziqishlari va intilishlari aniqlanmoqda. Shuni taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ularni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori bilan Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga 2 ta psixolog shtat birligi ajratiladi. Milliy gvardiya psixolog mutaxassislari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi. Bu ham albatta bolalarning tushkunlikka tushmasdan, kelajaklari uchun ulkan maqsadlar qoʻyib ulgʻayishiga sabab boʻladi. Milliy gvardiya Ixtsosolashtirilgan oʻquv markazida oʻtkazilgan “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan olib boriladigan psixologik ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya yuqorida taʼkidlab oʻtilgan say-harakatlarni amalga oshirishning metodikalarini yangilash va oʻrganishga bagʻishlandi.
Anjumanda Ichki ishlar vazirligi, SOS-Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi va Milliy gvardiya oliy toifali psixologlari ishtirok etishdi. Maʼruzachilar bolalar bilan ishlashda ularning yosh qatlami, ulgʻayish bosqichlari, temperementlari, ularning xulqidagi ogʻishlarning namoyon boʻlishi sabablari, tarbiyasi ogʻir oʻsmirlar bilan ishlash tartibi boʻyicha ilmiy izlanishlarini bayon qilishdi.
Oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan konferensiyada bolalar bilan qanday psixologik treninglarni oʻtkazish kerakligi, ularda yaxshi kayfiyatni xosil qilishda qanday choralar koʻrish lozimligi koʻrgazmali tarzda koʻrsatib berildi. Albatta oʻtkazilgan mazkur tadbirdan olingan koʻnikmalarni psixolog harbiy xizmatchi va xodimlar, mehribonlik uylari tarbiyachilari kelgusida oʻzlari faoliyat yuritadigan oʻquv-tarbiya massasalarida amaliyotda qoʻllashadi.

Text to speech