“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Samarqand shahrida xavfsiz muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi

Davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahrida xavfsiz muhitni barpo etish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan namunaviy amaliyotni joriy etish  borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning  amaliy ijrosi Samarqand viloyatida ham davom ettirilib Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov tomonidan  manzilli ishlar olib borildi.

Mazkur vazifalarning yuqori darajada bajarilishi yuzasidan  Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi  shaxsiy tarkibning tayyorgarligi va jangovar shayligi,  shuningdek, zamonaviy qurol-aslaha hamda maxsus vositalardan foydalanish koʻnikmalari koʻzdan kechirildi.

Xavfsizlikni ishonchli taʼminlash borasida komandir va boshliqlarning axborotlari tinglanib, bu borada olib borilayotgan oʻquv-taktik mashgʻulotlarni sunʼiy intellekt va robotlashtirish elementlari asosida tashkil etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek,  harbiy xizmatchilarning doimiy jangovar shayligini taʼminlash, xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, shuningdek, ilgʻor jahon tajribalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Oʻrganish ishlari davomida  Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Ichki ishlar vaziri general-leytenant A.Tashpulatov hamda ishchi guruh aʼzolari hamkorligida Imom al-Buxoriy majmuasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan masalalar atroflicha oʻrganildi. Yaqin kunlarda  foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur majmuaga kelishi kutilayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, ular uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, Xususan, sayyohlar oqimi ortib borishi inobatga olinib avtoturargohlar sigʻimini kengaytirish, transport harakatini tartibga solish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish borasida masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ushbu hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangidan qurilib bitkazilgan Payariq tumani 2-sonli ichki ishlar boʻlinmasida oʻrganish ishlari olib borildi. Unda xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi uzluksiz xizmatni tashkil etish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi. Imom Abu Mansur al-Moturudiy majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ham koʻzdan kechirilib, ushbu hududda ham xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Koʻhna va boqiy Samarqandda turizm sohasining yanada rivojlanishi hududda xavfsiz muhitni ishonchli taʼminlash,  mazkur yoʻnalishda esa huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi xizmatlarini  zamon talablariga mos takomillashtirib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.  Xususan, jinoyatchilikning oldini olish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasidagi profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek aholi bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Samarqand shahri hamda tumanlarida jinoyatchilik xavfi yuqori boʻlgan mahallalarda olib borilayotgan ishlar, jumladan, patrullik xizmati faoliyati, videokuzatuv tizimlarining samaradorligi va raqamli texnologiyalarni joriy etish holati bilan yaqindan tanishildi. Hududlarda oʻrnatilgan kuzatuv kameralarining situatsion markazlari bilan integratsiya qilingani hamda 24 soatlik xizmat tashkil etilgani boʻyicha mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Jamoat tartibini saqlashda zamonaviy yondashuvlarni qoʻllash, xususan, patrullik faoliyatida dronlar va intellektual tahlil tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinib, bu borada masʼul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.  

 

 

Text to speech