Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SHOFIRKON TUMANIDA 400 GA YAQIN O‘QUVCHI YoSHLARNI BIRLASHTIRGAN VATANPARVARLIK TADBIRI

Ayni kunlarda dunyo shiddat bilan o‘zgarayotgan, mintaqalar hamda davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy kurashlar tobora keskinlashayotgan bir sharoitda, mamlakatimiz yoshlarini ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash barchamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etayotgan muhim vazifalardan biridir.
Shu bois, "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkalash" yilida yurt taqdiri uchun befarq bo‘lmagan har bir yoshda masʼuliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash borasida aniq manzilli rejalar ishlab chiqilib, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalardagi uyushgan va uyushmagan yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar tizimli tashkil etilmoqda. Xususan, kuni kecha Shofirkon tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu maqsadlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi ko‘rgazmali chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning sport hamda sanʼat sohalaridagi chiqishlari maroq va hayrat bilan tomosha qilindi.
Tadbir davomida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIBning tarkibiy tuzilmalari hamda Buxoro garnizoni harbiy orkestrining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizning barcha sohalari uchun vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi bu kabi tadbirlar yoshlarning xotirasida uzoq vaqtgacha muhrlanib qolishi va ularda shu yurtga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashi, shubhasiz. O‘ylaymizki, mazkur tadbirdagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda bir-biridan qiziqarli chiqishlar ertamiz egalarining keyingi qadamlarida o‘zining ijobiy taʼsirini ko‘rsatmay qolmaydi.

Text to speech