Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“TEMUR TUZUKLАRI BILIMDONI” INTELLEKTUАL TАNLOVI BOʼLIB OʼTDI

Joriy yilning 6 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi boʼlib oʼtdi.
Mazkur tadbirdan koʼzlangan maqsad - buyuk sarkarda Soxibqiron Аmir Temurning boy maʼnaviy meʼrosini, harbiy sanʼat, madaniyat, jahon sivilizatsiyasiga qoʼshgan ulkan hissasini oʼrganish hamda kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama targʼib etish, oʼquvchi yoshlarning bilimini mustahkamlash hamda Аmir Temur tavalludining 685 yilligini koʼtarinki ruhda nishonlashdan iborat boʼldi.
Tanlovda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining “Temurbek avlodlari”, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining “Sohibqiron”, Baxt oʼgʼil bolalar oʼquv-tarbiya muassasasining “Oʼzbekning zabardast bahodirlari” hamda Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Sohibqiron vorislari” jamoalari oʼzaro bellashdilar.
Tanlov uch shartdan iborat boʼlib, ishtirokchilar Аmir Temurning “Temur tuzuklari” boʼyicha nazariy bilimlari sinovdan oʼtkazildi. Jamoa aʼzolari tomonidan tayyorlangan Sohibqiron Аmir Temurning hayoti va ijodi, harbiy sanʼatiga bagʼishlangan sahna koʼrinishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
“Temur tuzuklari bilimdoni” koʼrik-tanlovida ishtirok etish orqali oʼquvchilarimiz qalbida buyuk Sohibqiron Аmir Temurning adolatli davlat tuzish haqidagi oʼgitlari chuqur singdirildi, bu esa oʼz navbatida Yangi Oʼzbekistonning Uchinchi Renessans davriga mos mard, dovyurak va jasur oʼgʼlonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tanlov soʼngida gʼolib jamoalar diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Text to speech