Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

UCH YIL AVVAL O‘G‘IRLAB KETILGAN “SPARK” TOPILDI

Bugun, 22 may kuni soat 12:00 lar atrofida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sharq mahallasi, Zargarlik ko‘chasida davlat raqamisiz “SPARK” rusumli avtomashina uzoq muddatdan beri turganligi aniqlandi.

Avtomashinaning davlat raqami yo‘qligi va old o‘ng tomoni shikastlanganligi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi S.Kubayevda shubha uyg‘otdi. Ushbu qarovsiz avtomashina egasining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Chilonzor tumani Yo‘l-patrul xizmatiga murojaat qilinganda, ichki ishlar axborot bazasidan kuzov raqami asosida “SPARK” avtomashinasi egasining shaxsi aniqlandi.

Mazkur avtomashina egasi Toshkent shahri, Olmazor tumanida tug‘ilgan 23 yoshli fuqaro Sobirov Mirvali Mirziyot o‘g‘li ekanligi maʼlum bo‘lgach, axborot bazasidagi mobil telefon raqami orqali u bilan bog‘lanildi va voqea joyiga chaqirildi.

Voqea joyiga yetib kelgan fuqaro M.Sobirov mazkur avtomobil haqiqatdan ham unga tegishli ekanligini tasdiqlab, 2018 yil 4 mart kuni soat taxminan 07:00lar atrofida Chilonzor tumanidagi Toshkent savdo markazi bozori yonida o‘g‘irlab ketilganligini maʼlum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hushyorligi, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olganligi tufayli yana bir o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi. Avtomashina o‘g‘irlik sodir etgan jinoyatchining qo‘l izlarini olish va uni topishda foydalanish uchun espertizaga yuborildi. Albatta jinoyatchining qilmishlariga tez fursatda qonuniy chora ko‘riladi.

Text to speech