Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

VATAN HIMOYACHILARI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “ZAKOVAT” TURNIRI BO‘LIB O‘TDI

Poytaxtimizdagi Zakovat arenada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Bojxona qo‘mitalarining harbiy xizmatchi va xodimlari, faxriylar va harbiy taʼlim muassasalarining kursant va o‘quvchilaridan iborat 55 ta jamoa ishtirok etishdi. Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘yinlarga start berildi. 3-raunddan iborat bo‘lgan o‘yin davomida 12 tadan jami 36 ta savol o‘rtaga tashlandi. Aksariyati harbiy sohaga oid maʼlumotlardan tuzilgan savollarga barcha jamoalarning aʼzolari, tez va to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi. Milliy gvardiya bo‘linmalaridan ishtirok etgan 14 ta jamoa vakillari ham musobaqada munosib ishtirok etishib, o‘zlari uchun ulkan tajriba to‘plashdi. Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan “Zakovat” turniri barcha ishtirokchilarga Mudofa, Ichki ishlar vazirliklari va Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalarining vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlari bilan bayromona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari tomonidan saf chiqish ko‘rinishlari namoyish etildi.

Text to speech