Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Voleybol sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida jismoniy tayyorgarlikni yana-da oshirish, sportning voleybol turi bo‘yicha tizimdagi eng kuchli terma jamoani aniqlash, iqtidorli sportchilarni saralab olib, jamoa tarkibini shakllantirish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarga tayyorlash maqsadida voleybol sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Hududiy saralash bosqichlari joriy yilning 24-26 yanvar kunlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan jamoalar 27-28 yanvar kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport instituti voleybol maydonida birinchilik uchun bahslashishdi. Bellashuv natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin – Milliy gvardiya 65921 harbiy qism jamoasiga

2-o‘rin – Milliy gvardiya Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism jamoasiga

3-o‘rin – Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi terma jamoalariga nasib qildi.

O‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan terma jamoalar medal, diplomlar va kuboklar bilan, eng yaxshi o‘yinchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplomlar bilan taqdirlandi.

Text to speech