Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyishiga asosan joriy yilning 4 yanvar kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!”  shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchi yoshlarga harbiy anjom-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, “Tigr” laqabli xizmat itining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar bilan “Kamondan otish” va “Ot sporti” bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchi  yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda vatanparvarlik sifatlarini oshirishdan iborat.

Text to speech