“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyishiga asosan joriy yilning 4 yanvar kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarga harbiy anjom-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, “Tigr” laqabli xizmat itining qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar bilan “Kamondan otish” va “Ot sporti” bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchi yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda vatanparvarlik sifatlarini oshirishdan iborat.