Hurmatli hamkasblar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy va ezgu tilaklarimizni yo‘llab, chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta yutuqlarga erishib, xalqaro maydonda munosib obro‘-e’tibor qozondi. Bugungi kunda mamlakat taraqqiyot va rivojlanish yo‘lidan ishonch bilan borib, keng ko‘lamli bunyodkorlik rejalarini amalga oshirmoqda.
Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari chinakam do‘stona va ittifoqchilik ruhidagi xususiyatga ega. Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama konstruktiv hamkorlik va xalqaro masalalardagi sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga erishishimizga ishonamiz.
Bu ikki xalqning tub manfaatlariga to‘la mos keladi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hurmatli hamkasblar, Sizlarga mustahkam sog‘liq va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaymiz.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining
O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi