Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Suyarov Xusniddin Zokirovich

(06.07.1989 – 01.05.2020)

III darajali serjant 1989 yil 6 iyulda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandni tarbiyalagan.

Bolaligidan harbiy bo‘lishni orzu qilgan X.Suyarov 2007 yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilgan. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida shartnoma asosida muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.

2020 yil 1 mayda texnogen falokat natijasida Sardoba suv omborining to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan. III darajali serjant X.Suyarov Milliy gvardiyaning tezkor harakatlanuvchi guruhi tarkibida Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha tezkor qutqaruv ishlarida faol qatnashgan. Fuqarolarni suv toshqinidan qutqarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan Xusniddin Suyarov vafotidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Jasorat” medali va Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan - I darajali "Namunali xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondonligi Xusniddin Suyarovning o‘zi o‘qigan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi
4-sonli umumtaʼlim maktabi hududida barelfini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Xotira – abadiy, jasorat – mangu…

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi III darajali serjant Xusniddin Suyarovning ko‘rsatgan qahramonligi Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisi, safdoshlari hamda barcha yaqinlari va do‘stlarining (minnatdor) xotirasida abadiy qoladi.

 

Text to speech