Qirg‘iziston Respublikasida sportning "Pencak Silat" jang sanʼati turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xalqaro musobaqada Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari g‘olib bo‘lib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 16-25 iyun kunlari Qirg‘iziston respublikasi Issiqko‘l viloyatida sportning "Pencak Silat" jang sanʼati turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Qirg‘iziston javohiri" 7-Xalqaro musobaqada Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Muqanna Boboyeva hamda Dilbar Mazarifovalar barcha raqiblaridan ustun kelgan holda, birinchi o‘rinni egalladi va Malayziyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Safdoshlarimizni ushbu yuksak g‘alaba bilan muborak etib, kelgusi musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz