Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son "Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi Farmoni asosida Milliy gvardiya Toshkent shahar mintaqaviy oʻquv markazi oʻz faoliyatini boshladi va tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati va Toshkent shahar boʻlinmalarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlari uchun mazkur oʻquv markazda zamonaviy oʻquv sinf xonalari, sport zal, kutubxona, yotoqxona va elektron tir xonalari tashkil etilib, ularning bilim olishlari, sport bilan muntazam shugʻullanishi va dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mazkur farmonga muvofiq ushbu oʻquv markazda nafaqat Milliy gvardiya xodimlarini, balki ichki ishlar organlari va boshqa kuch tuzilmalarning xodimlari, harbiy xizmatchilarini hamda vazirlik va tashkilotlarning idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xodimlarini oʻqitish, tayyorlash borasida vazifalar belgilab berildi.
Mazkur inshootda Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi bilan birga Yunusobod tumani qoʻriqlash boʻlimining joylashtirilganligi tinglovchilarning sifatli taʼlim olishlariga hamda amaliy bilim va koʻnikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sportga keng jalb qilish va ularni kelgusida bilimli boʻlib kamol topishini taʼminlash borasida ushbu oʻquv markazi binosida Shayxontohur tumani "Labzak" mahalla yoshlari foydalanishi va ular uchun sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi, shuningdek turli vatanparvarlik va madaniy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.