Navoiyni yod etib
Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning o‘lmas asarlarini tinglovchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, boy va serqirra ijodiy merosini chuqur o‘rganish maqsadida, 9 fevral Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning tavallud ayyomiga bag‘ishlab Navoiyxonliy kechasi o‘tkazildi.
Shuningdek, maʼnaviy – maʼrifiy kechada tinglovchilardan tomonidan shoirning hayoti va ijodini yoritib beruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. O‘quv markazida tashkil etilgan "Yosh gvardiyachilari" klubi aʼzolari tomonidan shiorning g‘azallari mutolaa qilindi. Darhaqiqat, mutafakkir bobomizning hayoti va ijodini o‘rganar ekanmiz, umri davomida bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat ko‘rsatganini anglaymiz. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy asarlarida el-ulus xizmatida bo‘lishdek sharafli kasbning ahamiyati, xalq manfaatlari har narsadan ustunligi, vafo, sadoqat kabi tuyg‘ular pokligi taʼriflangan. Bu kabi ezgu g‘oyalarni izchil o‘rganish, o‘quv markazi tinglovchilarning ongu shuuriga chuqur singdirish oqil va bilimli mutaxassislarni, komil insonlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘ladi.