Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Milliy gvardiya hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unga Toshkent shahridagi 22- va 30-sonli mehribonlik uylari hamda SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari Toshkent filialida tarbiyalanayotgan 500 nafardan ortiq bolajonlar hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylar va xodimlarning farzandlari taklif etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida bolajonlar harbiy orkestr ijrosidagi kuylar sadosi ostida kutib olindi. Yosh avlod vakillariga peshvoz chiqqan ertak qahramonlari va sirk artistlari ishtirokida tashkil etilgan madaniy tadbir esa bolajonlar quvonchiga yana-da quvonch qo‘shdi. Mazkur tadbirda Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili ishtirok etdi.

Shundan so‘ng bolajonlar uchun “Qaldirg‘och” bolalar sanʼat markazi tomonidan maxsus sahnalashtirilgan  “Super Qorasoch” musiqali spektakl namoyish etildi. Bolajonlar ushbu ertak orqali ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi, oliy maqsad doimo olg‘a intilish ekanligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdi.

Bolajonlarning keyingi manzili O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti bo‘ldi. Ular uchun universitetda dastavval bayramona tushlik tashkil etildi.

Ushbu maskan bo‘ylab tashkil etilgan sayohat davomida o‘g‘il-qizlarga universitetda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Ular kursantlar tomonidan tayyorlangan turli ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qilishib, bir olam zavq olishdi. Shu bilan birga ular uchun konsert dasturi ham havola etildi.

Bu kabi tadbirlar Respublikamizning turli hududlarida, “Oilaviy bolalar uylari” tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylar va xodimlarning farzandlari uchun bayramona tarzda o‘tkazildi.

Text to speech