Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya tizimidagi o‘qituvchi va murabbiylar uchun bayramona tadbir tashkillashtirildi

Inson hayoti va taqdiri, jamiyat va davlat taraqqiyoti, mamlakat qudrati va millat kelajagining poydevori — shubhasiz, ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Bu borada esa ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Shu boisdan ham har yili 1 oktabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida fidoyi va halol mehnat qilib kelayotgan ustozlar alohida e’tibor va ehtirom bilan e’zozlanadi.

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Ma’naviyat-ma’rifat markazida «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev,  tizimdagi ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, faxriylar, kursantlar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev,  Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularning millat tarbiyasi, yurt tinchligi va vatanparvar yoshlarni yetishtirishdagi beqiyos xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondonining fidoyi ustoz va murabbiylarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyrug‘i o‘qib eshittirildi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti, “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik litseylari, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi, 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari, Qo‘l jangi federatsiyasi, Chavandozlar maktablari, Jasorat maktablari hamda hududiy tuzilmalardan 150 nafar ustoz va murabbiylar shuningdek, Oilaviy uylar rahbarlari Milliy gvardiyaning III darajali “Namunali xizmatlari uchun”, “Milliy gvardiya fidoiy xodimi”, “Ma’naviyat a’lochisi” ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va qo‘mondonlik tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

O‘z o‘rnida ustoz va murabbiylar samimiy tilak va minnatdorlik so‘zlarini izhor etar ekanlar, berilgan mukofot ular uchun faqat iftixor emas, balki kelgusida yanada yuksak sadoqat bilan xizmat qilish, vatanparvar, ma’rifatparvar va   ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida tinimsiz mehnat qilishga ilhom manbai sifatida qabul qilganliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirning badiiy qismida el suygan Xalq artistlari va xonandalar, Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli jamoasining kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslari yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayramona tadbirga tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar uchun esa Jamoat xavfsizligi universitetining kutubxona va muzeyiga ekskursiya tashkillashtirildi. Zotan, kelgusida universitetning kursant va talabalari bo‘ladigan o‘quvchilar uchun mazkur ekskursiya universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Milliy gvardiya tizimida ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylar doimo e’zozda. Ularga ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor va rag‘bat — kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni vatanparvar, bilimli va ma’naviy yetuk shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan amaliy qadamlardan biridir.

Barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik va yoshlar manfaati yo‘lidagi ezgu faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Text to speech