Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

1 – RESPUBLIKA YoSHLAR FORUMI YUQORI SAVIYADA BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 11 may kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” shiori ostida 1- Respublika yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Yunusobod tumanida joylashgan “Botanika” bog‘i hududida mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur Forum yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning isteʼdod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish, kasb-hunarga o‘rgatish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar dastavval Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining harbiy va xizmat texnika vositalari namoyishi bilan tanishish, shuningdek, Milliy gvardiya kinologiya xizmati xodimlarining xizmat itlari bilan ko‘rgazmali mashg‘ulotlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu bilan bir qatorda, 5 tashabbus doirasida o‘tkazilgan – kitobxonlik, yosh rassomlar ko‘rgazmasi, musiqa va raqs, sport yo‘nalishlarida yoshlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, harbiy orkestr ijrosidagi musiqa sadolari o‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Forumda so‘z olganlar yoshlarning qobiliyati, sportga bo‘lgan mehri va qiziqishlarini ko‘rib, ularga yuksak ishonch bildirgan holda bugungi kunda davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilayotganligini taʼkidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng, bandlikni taʼminlashda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ilg‘or tadbirkorlarga esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Forum davomida yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, burch, sadoqat kabi tuyg‘ularni shakllantiruvchi video roliklar namoyish etildi va shu bilan birga kursantlar tomonidan tayyorlangan yurtimiz osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek asrashdek sharafli kasb egalarining mashaqqatli xizmatlari sahna ko‘rinishlari orqali ijro etildi.

Tadbir so‘ngida, Milliy gvardiya va IIV ashula va raqs ansambli xonandalarining kuy - qo‘shiqlari yoshlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Yakunda tashkilotchilar tomonidan hamkorlikdagi bunday forumlar kelgusida respublikamizning boshqa hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilib olindi.

Text to speech