13 noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da "Yangi nafas" yugurish sport tadbirlarini o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 13 noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da "Yangi nafas" yugurish sport tadbirlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qo‘mondonligi rahbarligidagi ishchi guruh ushbu tadbirga masʼul vazirlik va tashkilotlar mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.