13 YОSHLI QIZNING HAYOTI SAQLAB QOLINDI.
Joriy yilning 2 fevral kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 13 yoshli qizning hayoti saqlab qolindi.
Maʼlum bo‘lishicha 2022 yilning 2 fevral kuni Qo‘riqlash xizmati xodimlari Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘oni ko‘chalarida o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, fuqaro R.X tomonidan 2009 yilda tug‘ilgan hali voyaga yetmagan qizi S.T uyida onasi bilan kelisholmay, janjallashish oqibatida nomaʼlum tomonga qarab ketganligini va qizi S.Tni topishda yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari tomonidan zudlik bilan Kimyogarlar qo‘rg‘oni ko‘chalari ko‘zdan kechirilgan. Natijada taxminan soat 23:00 atrofida Umid ko‘chasida joylashgan “Nurafshon” sanʼat saroyining orqa tomonida voyaga yetmagan S.Tning zovur oldida yiqilib, hushsiz holda yotganligi aniqlangan. Voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, qiz hushiga keltirilgan hamda 1 sonli Ichki ishlar bo‘linmasiga olib kelingan va uning ota-onasiga xabar berilgan.