Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 583 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik litseyida ikki buyuk mutafakkir g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning 583 yilligi va ruboiy navis, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda litsey o‘quvchilari, Milliy gvardiya faxriylar kengashi aʼzolari, o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Dastlab uch avlod vakillari taʼlim massasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Sport zal, o‘quv xonalarida bo‘lishib, yoshlar bilan suhbat qurishdi. Faxriylar yoshlarga o‘zlarining hayotiy boy tajribalardan so‘zlab berishdi. Shuningdek, sana munosabati bilan Navoiy va Bobur bobolarimizning ijodlari to‘g‘risida savol-javoblar o‘tkazishdi. Tadbir o‘qchilar tomonidan tayyorlangan badiiy qismga bog‘lanib ketdi. Ular yod olgan g‘azal va ruboiylarini aytib berishib, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlarini yig‘ilganlarga havola etishdi.

Text to speech