14 iyun – “Xalqaro donorlar kuni” munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Ezgulik albatta qaytadi” aksiyasida harbiy xizmatchi va xodimlar ham faol ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: Ushbu sana tarixiga nazar tashlasak, 2005 yil Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi rezolyutsiyaga muvofiq, 14 - iyun Butun jahon qon berish yaʼni, donorlik kuni deb eʼlon qilingan. 14 iyun sanasi avstraliyalik vrach immunolog, odam qon guruhlarini aniqlagan, Nobel mukofoti laureati Karl Landshdeynerning (1868-1943) tug‘ilgan kuni sharafiga qabul qilingan.
Donorlar - beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu niyatli kishilardir. Ana shunday ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida respublika miqyosida Milliy gvardiya hududiy boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham «Ezgulik albatta qaytadi» donorlik aksiyasida ishtirok etmoqda.
Ular ko‘ngilli ravishda qon quyish markazlarida yurtoshlarimizning hayotlarini saqlab qolish va salomatliklarini tiklashga ko‘maklashish maqsadida qon topshirmoqdalar. Yurtimizda Onkologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazlarida davolanayotgan bemorlar uchun yig‘ilayotgan shifo tomchilari ularga kasallikni yengib o‘tishida yordam bo‘lishiga ishonamiz.
Darhaqiqat, donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, lekin oliy qahramonlikdir. Qon donorligi jamiyat salomatligi uchun beg‘araz yordam sanaladi.